
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoamiz 31 mart kuni Tokioda Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Terma jamoamiz Tama shahridagi "Keio Plaza" mehmonxonasiga joylashgan.
Bugun murabbiy va futbolchilarimiz O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi vakillari yordamida prezident saylovida ishtirok etishdi. Bu haqda O'FFning tvittyerdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.