O'zbekiston MTJning yana bir a'zosi faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin

Khoja
13 iyul 2025, 07:58
Eronning “Sepaxon“ klubi maydon markazini kuchaytirish uchun pleymeker qidirmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, Eron klubiga “Neftchi“ yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovning xizmatlari taklif qilingan.

Eslatib o'tamiz, “Sepaxon“ o'tgan mavsum Eron chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritgan.

Jamshid Iskanderov esa yil boshida Farg'onaning “Neftchi“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 31 yoshli futbolchi joriy mavsum 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Championat.asia