O'zbekiston MTJ. To'rt futbolchiga javob berildi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2019, 15:02
Bilasiz, ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig'in o'tkazmoqda.

Qirg'izistonga bilan o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng terma jamoa ixtiyorini bir necha futbolchi tark etdi.

Sharof Muhiddinov va Abrorbek Ismoilov Olimpiya terma jamoasi bilan birga BAAga xalqaro turnirga yo'l olishdi. Shuningdek, sal avval Aziz G'aniev ham olimpiyachilar safiga borib qo'shilgan edi.

Akbar Ismatullaev, Sardor Mirzaev, Sanjar Shoahmedov va Humoyun Murtozaevlar esa o'z klublariga yo'l olishdi. Ularga terma jamoa murabbiylar shtabi tomonidan ushbu yig'in davomidagi mehnati va jamoa tayyorgarligiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib o'tildi. Ushbu futbolchilar terma jamoaga nomzod sifatida murabbiylarning doimiy kuzatuvida bo'lishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz