O'zbekiston MTJ Singapur bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
12 okt 2019, 22:14
Vadim Abramov boshchiligdagi O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Singapur bilan bahsga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.

Kecha asosan tiklanish mashqlarini bajargan terma jamoamiz a'zolari bugun to'liq tarkib bilan mashg'ulot o'tkazishdi. Yani yig'indagi barcha 23 nafar futbolchi to'liq kuch bilan shug'ullandi. 

Terma jamoamiz ertaga ham "Jar"da mashg'ulot o'tkazadi va 14 oktyabr kuni charter reys bilan Singapurga uchadi. 

Quyida bugungi mashg'ulotlardan fotogalereyani tomosha qiling.




Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. FOTOGALEREYA

Foto: Jahongir Fayzullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia