O'zbekiston MTJ qachon oxirgi marta o'z maydonida ko'k rangli formada o'ynagan?

Narzulla Saydullayev
14 okt 2024, 12:33
JCH-2026 saralashi doirasidagi O'zbekiston - BAA uchrashuvidan oldingi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra O'zbekiston mazkur bahsni ko'k rangli formada o'tkazadigan bo'ldi. Aslida O'zbekistonning uy (asosiy) formasi oq rangda. Xo'sh, O'zbekiston qachon so'nggi marta o'z maydonidagi uchrashuvda ko'k libosda o'ynagandi?

Shu yilning mart oyida JCH-2026 saralashi 2-bosqichi doirasida Gonkongga qarshi bahsni vakillarimiz ko'k rangli formada o'tkazishgan.

2024 yil
O'zbekiston - Gonkong (ko'k) 3:0
O'zbekiston - Turkmaniston (oq) 3:1
O'zbekiston - KXDR (oq) 1:0
O'zbekiston - Eron (oq) 0:0
O'zbekiston - BAA (ko'k) ?:?


Sizningcha forma rangining farqi bormi?


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia