

Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoa soat 18:15dan o'z mashg'ulotini boshladi. Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov dastlabki 15 daqiqada yakka tartibda shug'ullanganiga guvohi bo'ldik. Bundan tashqari O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sardori Oston O'runov ham bugun milliy terma jamoa bilan birga shug'ullandi.
Anvar Rashidov odatdagidek uch nafar darvozabonimiz bilan ishladi. Barcha futbolchilarning kayfiyatlari yaxshi. Ertaga O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'yin soat 18:00da boshlanadi.
Mashg'ulotning fotogalereyasini saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. FOTOGALEREYA






