O'zbekiston MTJ o'yinoldi mashg'ulot o'tkazdi

Tolibjon Qosimov
27 mar 2017
Bugun O'zbekiston terma jamoasi "Bunyodkor" stadionida Qatar bilan bahsdan oldin rasmiy o'yin oldi mashg'ulotni o'tkazdi.

Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoa soat 17:00dan o'z mashg'ulotini boshladi. 

Stanislav Andreev, Aleksandr Merzlyakov va Doston Hamdamovlar terma jamoa safida shug'ullanishmoqda. Vitaliy Denisov va Islom To'xtaxo'jaev futbolchilar safida yo'q. Ertaga O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi o'yin soat 18:00da boshlanadi. 




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia