O'zbekiston MTJ Malayziyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
24 sen 2021, 07:34
O'zbekiston milliy terma jamoasi Malayziyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Terma jamoamiz Iordaniyada o'tkaziladigan yig'in davomida Malayziyaga qarshi maydonga tushadi. Bahs 9 oktyabr kuniga belgilangan. 

Srechko Katanets boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu yig'in davomida katta ehtimol bilan Iordaniya terma jamoasiga qarshi ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz so'nggi o'rtoqlik o'yinini 5 sentyabr kuni safarda Shvetsiyaga qarshi o'tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia