

Bugun, 7 oktyabr kuni terma jamoa "Jar" stadionida mashg'ulotlarni boshladi.
Oldinroq xabar berilganidek bosh murabbiy Srechko Katanets sog'ligidagi muammolar sabab bu yig'inga kela olmaydi. Mashg'ulotlarni Katanetsning yordamchilari olib borishadi.
Dastlabki kungi mashg'ulotlarda yig'inga chaqirilgan 5 nafar legioner ishtirok etmadi. O'tkir Yusupov, Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov, Abbos Fayzullaev va Oston O'runov. Qolgan barcha futbolchilar shu yerda.
Eslatib o'tamiz, Eronga qarshi bahs 10 oktyabr kuni bo'lib o'tsa, BAAga qarshi o'yin 15 oktyabrga belgilangan.



















