O'zbekiston MTJ BAAga yetib bordi

Tolibjon Qosimov
9 noya 2020
O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi Toshkent-Dubay HY333 havo reysi orqali mahalliy vaqt bilan soat 12:25da Dubay xalqaro aeroportiga yetib bordi.

O'zbekiston terma jamoasi BAAga uchib ketdi

Delegaciya a'zolari aeroportda passport nazoratidan avval koronavirusga test topshirishdi.

Shundan so'ng, Milliy terma jamoamiz vakillari "Intercontinental" mehmonxonasiga joylashdi.

Test natijalari chiqqunga qadar delegaciyaning har bir a'zosi mehmonxonada "o'zini yakkalash" rejimida bo'ladi.

Milliy jamoamiz ertaga dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazishi rejalashtirilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати