O'zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi safar o'yini Makaoda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2016, 21:05
O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichidagi raqiblaridan biri – Suriya uy uchrashuvlarini Makaoda o'tkazadi.

Avvalroq, mamlakatdagi notinch vaziyat sababli o'z uy o'yinlarini Livanda o'tkazishini ma'lum qilgan Suriya terma jamoasi, O'rta sharq mintaqasidagi vaziyat sabab uy uchrashuvi uchun boshqa neytral maydon topishga qaror qildi va o'yinlarini Makaoda o'tkazish bo'yicha Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga murojat qildi. FIFA hamda OFK ushbu murojatga ijobiy javob berdi.

Shu tariqa O'zbekiston milliy terma jamoasi 2017 yilning 23 mart sanasida Suriyaga qarshi Makaoda o'yin o'tkazadigan bo'ldi.

Takidlash kerakki, 1 sentyabrda Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadigan Suriya, ikkinchi turda Makaoda Janubiy Koreyani qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com