

FIFA kunlari boshlanishi munosabati bilan o'zbekistonlik legioner futbolchilar ham terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilishdi. Kecha Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Otabek Shukurov, Aziz G'aniev, Jaloliddin Masharipov, Shahboz Umarov va Eldor Shomurodov milliy terma jamoa safidan joy oldi hamda mashg'ulotda qatnashishdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ 27 yanvar kuni Dubayda yig'inda bo'lib turgan Janubiy Sudan terma jamoasi bilan o'yin o'tkazish borasida o'zaro kelishuvga erishgani aytilgandi.






















