O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron va BAAga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
5 okt 2020, 13:10
Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi Milliy jamoamiz kecha "Bunyodkor" akademiyasi maydonida mashg'ulot o'tkazdi.

Bugun "Shabab Al Ahli" yarimhimoyachisi Aziz G'aniev, yig'inga chaqiruv olgan "Paxtakor" a'zolari va boshqa futbolchilar terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shildi.

"Nasaf" klubi vakillari Oybek Bozorov hamda Xusniddin Aliqulov klub mashg'ulotlarida olgan jarohati sabab ushbu yig'inga kela olmasligi ma'lum bo'ldi.

Rejaga ko'ra Milliy terma jamoamiz bugundan to'liq tarkibda mashg'ulotlarni davom ettiradi.

















O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz