O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Turkiyaga uchib ketishdi

Alisher
31 may 2019, 10:18
O'zbekiston milliy terma jamoasi Turkiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish maqsadida Turkiyaga uchib ketishdi.

Bugun 31 may kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi Toshkent-Istambul-Antaliya yo'nalishi bo'ylab Turkiyaga yo'l oldi. U yerda milliy terma jamoamiz Turkiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Uchrashuv 2 iyun kuni Alanya shahridagi "Alanya Stadium" o'yingohida bo'lib o'tadi.
 
Shundan so'ng milliy terma jamoamiz a'zolari 3 iyun kuni yarim tunda Toshkentga qaytib kelib, yig'inni davom ettirishadi. 
 
7 va 11 iyun kunlari Toshkentdagi "Milliy" stadionda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tadi. 


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz