

Ushbu xabar yuzasidan O'FA matbuot xizmati bilan bog'landik hamda vaziyatga oydinlik kiritdik.
"Yo'q,bu noto'g'ri ma'lumot. O'yin yopiq eshiklar ortida o'tmaydi. Uchrashuvga muxlislar va OAV xodimlari kirishi mumkin. Ertangi o'yinga shu yerda Avstraliyada yashaydigan o'zbek muxlislari tashrifi kutilmoqda. Shuningdek, uchrashuvni O'FA ijtimoiy tarmoqlarida yoritib borishni rejalashtirganmiz", - deydi O'FA matbuot xizmati boshlig'i Yoqubjon Bobojonov championat.asia saytiga.




