O'zbekiston - Livan uchrashuvi yopiq eshiklar ostida o'tadi-mi?

Narzulla Saydullayev
14 noya 2018, 14:15
Ertaga O'zbekiston terma jamoasi Livan bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Livan matbuoti mazkur bahs yopiq eshiklar ostida o'tishini yozmoqda.

"O'zbekiston - Livan uchrashuvi 15 noyabr kuni Beyrut vaqti bilan 12:00da boshlanadi. Bu o'yin O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi iltimosiga ko'ra yopiq eshiklar ostida o'tadi. Katta ehtimol bilan bahs translyatsiya qilinmaydi", - deb yozadi Livan matbuoti.



Championat.asia sayti O'FA matbuot xizmatiga mazkur xabar qanchalik rost yoki yolg'onligi borasida so'rov yubordi. Ayni paytda Avstraliyada bo'lib turgan O'FA matbuot xizmatidan javob kelishi bilan saytimizda e'lon qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia