O'zbekiston Kubogining keyingi bosqichida o'ynaydigan barcha 16 jamoa ma'lum

Xayrulla Xoliqov
30 apr 2021, 21:09
Shunday qilib bu yilgi O'zbekiston Kubogining guruh bahslari o'z nihoyasiga etdi.

Mazkur musobaqaning guruh bosqichi 24 jamoani to'rttadan 6 guruhga bo'lgan holda o'tkazildi. Uchrashuvlar bitta o'yindan iborat bo'ldi. Guruh bahslari yakuniga ko'ra, quyidagi jamoalar keyingi bosqichga yo'l olishdi. 

"A" guruhi: "Lokomotiv", "Turon". 

"B" guruhi: "Dinamo", "Surxon". 

"D" guruhi: "Navbahor", "Olimpik".  

"E" guruhi: "Nasaf", "So'g'diyona", "Bunyodkor". 

"F" guruhi: "Mashal", "Metallurg". 

"G" guruhi: "Qizilqum", "Sho'rtan", "Neftchi". 

Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o'rinni olgan, shuningdek eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan ikkita uchinchi o'rin egalari 1/8 finalga yo'l olishi belgilab qo'yilgandi. Bu o'rinda eng yaxshi ko'rsatkich bilan keyingi bosqichga chiqqan jamoalar "Bunyodkor" va "Neftchi" bo'ldi. 

Guruh o'yinlarida o'zini ko'rsatgan 14 jamoa safiga 1/8 finalda yana ikkita jamoa qo'shiladi: "Paxtakor" va AGMK. Natijada 16 klub keyingi bosqichda 8ta juftlikka bo'lingan holda bitta uchrashuvdan iborat bahslarda ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia