O'zbekiston kubogi. Yarim finaldan oldin "Paxtakor"da yo'qotish

Narzulla Saydullayev
13 dek 2020, 13:20
Kecha O'zbekiston kubogi chorak final bahslari bo'lib o'tdi.

"Paxtakor" o'z maydonida "Qizilqum"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi. "Sherlar" sardori Egor Krimec uchrashuvning 75-daqiqasida ogohlantirildi. Himoyachi chorak finalda "So'g'diyona" bilan bahsda ham sariq kartochka olgandi. Shu tariqa, Krimec yarim finalni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi. 

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" yarim finalni 16 dekabr kuni Qo'qonda "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv soat 13:00da boshlanadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia