O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" 2018 yildan beri ilk bor yarim finaldan chetda qoldi

Iskandarov Abdulaziz
3 sen 2022, 19:05
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi kecha O'zbekiston kubogi chorak final doirasida Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'ldi.



Qiziqarli kechgan bahsda "sherlar" 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Shu bilan "Paxtakor"ning 4 yillik seriyasiga barham berildi. Aniqroq qilib aytganda jamoa 2018 yildan beri O'zbekiston kubogida chorak finaldan o'tayotgandi (2018, 2021 finalda mag'lubiyat, 2019, 2020 g'oliblik). Poytaxt klubi so'nggi bor 2017 yil chorak finalda "Nasaf"ga mag'lub bo'lib musobaqa bilan xayrlashgan edi.


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia