

O'zbekiston Kubogi final o'yini chiptalari ertadan boshlab Qarshidagi "Markaziy" stadion kassalarida sotila boshlaydi.
Chipta narxi 15000 so'm qilib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Kubogi finalida "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.
Uchrashuv 17 oktyabr kuni Jizzaxdagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.



