O'zbekiston kubogi. Bugun uchta yarim finalchi aniq bo'ladi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2013, 10:21
Bugun O'zbekiston kubogining uchta yarim finalchisi aniqlanadi.
Muborakda "Mashal" klubi Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi. Toshkent viloyatidagi "Do'stlik" stadionida "Lokomotiv" va "Qizilqum" klublari javob uchrashuvini o'tkazishadi. "Paxtakor" markaziy stadionida esa "Guliston" "Paxtakor" mehmoni bo'ladi.

Qarshining "Nasaf" klubi chorak finalda "Neftchi"ni ikki o'yinda ham mag'lub etib yarim finalga chiqib bo'lgan. Qarshiliklar yarim finalda "Paxtakor" - "Guliston" juftligi g'olibi bilan o'ynashadi.

Barcha o'yin natijalari bilan saytimiz orqali tanishib borish mumkin bo'ladi.
 
O'zbekiston kubogi 1/4 final
Javob o'yini. 8 iyul (dushanba)
Mashal (Muborak) – Bunyodkor (Toshkent) - 18:00
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), X. Mirzaaxmedov (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), SH. Ro'ziqulov (Qarshi)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Dastlabki o'yin – 1:1.

Lokomotiv (Toshkent) – Qizilqum (Zarafshon) - 18:00
Hakamlar:
S. Zaylobiddinov (Farg'ona), A. Marajabov (Andijon), U. Karimov (Andijon), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Dastlabki o'yin – 0:1.

Paxtakor (Toshkent) – Guliston (Guliston) - 19:00
Hakamlar
: A. To'xtasinov (Andijon), N. Ro'zimov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Dastlabki o'yin – 3:1.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia