O'zbekiston Kubogi. Bugun 1/4 final start oladi, Toshkentda derbi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2018, 08:12
O'zbekiston Kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan dastlabki ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bitta o'yindan iborat chorak finalning birinchisi Qo'qonda o'tkaziladi. Unda mahalliy jamoa Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi. Bahs soat 18:00da boshlanadi. Soat 20:00ga "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'rtasidagi o'yin belgilangan.

Demak, bugun O'zbekiston kubogining ikki yarim finalchisi nomini bilib olamiz. Yarim finalga alohida qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. 


1/4 final. 18 sentyabr
(18:00) “QO'QON-1912” – “QIZILQUM”
Hakamlar: 
Olim Tolibjonov,  Sherzod Qamarov,  Sardor Hakimov,  Temur To'xtasinov.
Nazoratchi:  Igor Nexochin.
Komissar:  Bahodir Mirzaev

(20:00) “PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
Hakamlar:
  Viktor Seraziddinov,  Andrey Sapenko,  Sanjar Shoyusupov,  Vadim Agishev.
Nazoratchi:  Artyom Arutyunov.
Komissar:  Baxtiyor Namozov.



19 sentyabr
(18:00)  “ANDIJON” – “BUNYODKOR”
Hakamlar:
  Shavkat Nasibullaev,  Rasul Fozilov,  Maksim Nexochin,  G'ayrat Jo'raev.
Nazoratchi:  Sulton Zaylobiddinov.  
Komissar:  Mamur Saidqosimov.

(20:00) AGMK – “MASH'AL”
Hakamlar: 
Asker Najafaliev,  Baxtiyorxo'ja Shavkatov,  Avazbek Abdullaev,  Sultonmurod Abdurahmonov.
Nazoratchi:  Sayfiddin Ermatov.
Komissar:  Laziz Qo'chqorov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia