O'zbekiston Kubogi. "Bunyodkor" Andijonda yarim finalga chiqdi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2018, 19:53
O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Andijon" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yin natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yin boshlandi. 14-daqiqada Murod Toshmatovning chap qanotdan uzatgan pasini Mirjamol gol bilan yakunladi - 0:1. 

26-daqiqada Toshmatovning to'p uzatishidan so'ng Shahzodbek Nurmatov darvozani ishg'ol qildi - 0:2. 

40-daqiqada "Andijon"ning 10-raqamli hujumchisi Davron Isoqov birga bir vaziyatda to'pni Murod Zuhurovning ustidan oshirib tashladi - 1:2.

90+1-daqiqada Davron Isoqovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini Zuhurov egallab oldi. 

O'yinda "Bunyodkor" 2:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. 


1/4 final. 
19 sentyabr
18:00  “ANDIJON” – “BUNYODKOR” 1:2
Hakamlar:
  Shavkat Nasibullaev,  Rasul Fozilov,  Maksim Nexochin, G'ayrat Jo'raev.
Nazoratchi:  Sulton Zaylobiddinov.  
Komissar:  Mamur Saidqosimov.

Gollar: Mirjamol Qosimov 14, - 0:1. Shahzodbek Nurmatov 26, - 0:2. Davron Isoqov 40, - 1:2.

"Andijon": 1.Nikita Ribkin, 5.Xushnud Avilov, 6.Ibrohim Otaxonov (9.Qadamboy Nurmetov, 74), 7.Shahboz Jumaboev (11.Sunnatilla Abdullajonov, 55), 8.Sunnatilla Mamadaliev, 10.Davron Isoqov, 17.Nodirxon Kamolov, 19.Davron Mamatov, 21.Ildar Mamatkazin, 27.Laziz Ubaydullaev, 98.Farhod Bekmuratov.
Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 2.Artur Mamatkazin, 14.Elbek Otaqulov, 20.Jahongir Omonov, 22.Siroj Hamroev, 24.Shohruh Boyqo'ziev, 77.Doniyor Hasanov.

"Bunyodkor": 25.Murod Zuxurov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 5.Dilshod Jo'raev, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Shahzod Nurmatov (99.Filip Raevac, 82), 11.Murod Toshmatov (14.Mirjahon Mirahmadov, 90+4), 18.Sardor Sobirxo'jaev, 20,Mirg'iyos Sulaymonov (13.Sanjar Qodirqulov, 90), 30.Xurshid G'iyosov, 44.Mirjamol Qosimov (10.Abdulla Abdullaev, 76).
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 3.Islom Qobilov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 15.Farruh Ikromov,.

Ogohlantirishlar: Farhod Bekmuratov 28, Mirg'iyos Sulaymonov 86, Davron Mamatov 90+3.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia