O'zbekiston kubogi-2018 final o'yini Farg'onada o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2018, 13:23
O'zbekiston kubogi bahslari ham sekin-asta o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

18-19 sentyabr kunlari jamoalar 1/4 final uchrashuvlarini o'tkazishadi. 27-28 sentyabr sanalarida esa 1/2 final o'yinlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston kubogi-2018 final o'yini esa 28 oktyabr, yakshanba kuni o'tkaziladigan bo'ldi.  

Professional futbol ligasi final uchrashuvini Farg'ona shahrida o'tkazishga qaror qildi. O'zbekiston kubogi-2018 final o'yini 28 oktyabr kuni “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia