O'zbekiston kubogi-2016. Bugun final

Narzulla Saydullayev
30 noya 2016, 07:00
Bugun Samarqand shahrida 2016 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Dinamo" stadionida Toshkentning "Lokomotiv" hamda Qarshining "Nasaf" klublari bosh sovrin uchun to'qnash kelishadi. Soat 13:00da boshlanadigan o'yinni FIFA hakami Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

"Nasaf" ham, "Lokomotiv" ham o'z tarixida bir martadan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishgan.

O'zbekiston kubogi. Final
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)
30.11.2016. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 13:00
Bosh hakam
: Vladislav Seytlin (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Timur Galeev, Akbar Po'latov (Toshkent)
Zaxira hakami: Zokirjon Qodirov (Navoiy)
Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia