O'zbekiston kubogi. 1/8 final. "Neftchi" dastlabki o'yinda kichik g'alabaga erishdi

Aziz Tukhtamuradov
23 may 2017, 19:55
O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" o'yini bo'lib o'tmoqda.

O'yinning 35-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Sherzod Hakimov penaltidan unumli foydalangan holda jamoasini oldinga olib chiqdi. Undan biroz avval "Navbahor" futbolchisi Jahongir Mehmonov jarima maydonchasi ichida raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgandi. Ushbu gol o'yinda yagonaligicha qoldi.

18:00 - Neftchi – Navbahor 1:0

Hakam:
I. Tantashev (Buxoro).

Gol: Sherzod Hakimov 35.

"Neftchi": Abdumavlon Abdujalilov, Hamza Karimov, Akromjon Bahriddinov (Mo'ydin Mamazulunov 66), Sherzod Hakimov, Abbosbek Mahstaliev, Husniddin G'ofurov, Javohir Rasulov (Umidjon Qodirov 56), Dilyorbek Irmatov, Muhsinjon Ubaydullaev, Abdurahmon Abdulhaqov, Dmitriy Komarovskiy (Nikita Pavlenko 81).

"Navbahor": Akmal Ortiqov, Alisher Samatov, Hasanboy Ergashev, Dilshod Jabborov, Mansurjon Saidov, Mirzohid G'ofurov, A'zamjon Aliev, Jahongir Mehmonov, Tohirjon Shamsiddinov (Ro'zim Ahmedov 80), Darko Stanoevich, Nemanya Yovanovich.

Ogohlantirishlar: Dilshod Jabborov 44, Husniddin G'ofurov 44, Javohir Rasulov 48, Tohir Shamsiddinov 55, A'zam Aliev 58, Umidjon Qodirov 60, Mirzohid G'ofurov 82, Sherzod Hakimov 90.

Chetlatish: Alisher Samatov 15.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia