O'zbekiston ko'k, Eron qizil formada o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
21 fev 2016, 14:53
Bugun futzal bo'yicha XIV Osiyo chempionatiga yakun yasaladi. 16:00 da uchinchi o'rin uchun Tailand hamda Vetnam terma jamoalari o'zaro kurash olib borishadi.

19:00 da esa O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari Osiyo chempioni nomini aniqlab olish uchun finalda bellashishadi. Bugungi uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi ko'k formada harakat qiladi. Darvozabonlarimiz olovrang libosda o'ynashadi. Eron esa qizil formada o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz