O'zbekiston - jahon chempionatiga mezbolik qiladi!

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2023
Bugun FIFA Kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Kun tartibidan FIFA miqyosidagi bir qator musobaqalar, xususan, futzal va futbol bo'yicha jahon birinchiligi musobaqalariga mezbon mamlakatlarni belgilash masalalari o'rin oldi. 


E'tiborli jihati, 2024-yilgi futzal bo'yicha jahon chempionati musobaqasi O'zbekistonda o'tkazilishi belgilandi. Shuni alohida takidlash kerak-ki, yurtimiz FIFA tasarrufidagi Jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi, deya xabar bermoqda O'FA rasmiy telegram kanali.

Oldinroq, saytimizda O'zbekiston keyingi yil futzal bo'yicha Jahon chempionatini qabul qilmoqchiligi haqida xabar e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia