O'zbekiston - Irlandiya 0:6

Оқил Абдубарноев
13 may 2022
"Vlatko Markovich" xalqaro turnirida ishtirok etayotgan O'zbekiston U-15 terma jamoasi turnirdagi ikkinchi o'yinda ham yirik hisobda yutqazdi.

Zayniddin Tojiev shogirdlari turnirdagi dastlabki o'yinda mezbon jamoa - Xorvatiyaga 0:3 hisobida yutqazgandi. 2-turda o'zbekistonliklar Irlandiyaga qarshi maydonga tushib, o'z darvozasidan naq 6 ta to'p o'tkazib yubordi. Yevropaliklar har ikki taymda uchta gol sovg'a qilishdi. 

O'zbekiston - Irlandiya 0:6

Gollar: Metyu Myurrey 15, Charli Hemilton 23, Bez Agbontaen 38, Dereg Marshal 45, Kristian Gonsalvesh 52, Dereg Marshal 73

O'zbekiston: Rasul Mamatov, Shorahim Shorahmedov, Rihsiboy Abduhakimov, Abubakr Karimjonov, Muhammadali Abrorov, Diyor Ermanov, Quvonchbek Abraev, Farruh Agaev, Saddam Ahmadov, Shohjahon Yunusov, Feruzbek Olimov


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia