O'zbekiston futzal terma jamoasining asosiy darvozaboni Osiyo kubogini o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
16 apr 2024, 20:23
Osiyo kubogi oldidan O'zbekiston futzal terma jamoasi tarkibida jiddiy yo'qotish yuz berdi.

"Oq bo'rilar" asosiy posboni Ravshan Eliboev Qozog'istonga qarshi bahsda kichik jarohat olgan edi. Tailanddagi tayyorgarlik jarayonida ushbu jarohat darvozabonni yana bezovta qildi. O'tkazilgan chuqur tekshiruvlar natijasida va jamoa shifokorlarining tavsiyasiga ko'ra Eliboev ushbu turnirda maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'ldi. 

Osiyo kubogi qaydnomasida uning o'rnini Sunnatjon Anvarov egallaydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎФА