O'zbekiston futzal federatsiyasi hamkorlikka chorlaydi

Omonjon To`xtamirzayev
4 mar 2025, 18:45
O'zbekiston futzal federatsiyasi barcha ishbilarmonlar va yuridik shaxslarni hamkorlikka chaqiradi.

Mamlakat chempionati va kubogi uchrashuvlari davomida o'z brendini afisha, fotoafisha, matnli reklamalar va e'lonlar ko'rinishida reklama qilishni istagan ishbilarmonlar, barcha turdagi yuridik shaxslarni hamkorlikka chorlaydi. Reklama beruvchi yuridik shahsning brendi bellashuvlar vaqtida maydon atrofidagi reklama shitlarida, flesh-intervyular fonida hamda O'zbekiston futzal federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida aks etadi.

O'zbekiston futzal federatsiyasi bilan hamkorlik orqali siz nafaqat o'z brendingiz, mahsulot yoki xizmat turingizni taklif qilasiz, balki O'zbekistonda futzal sport turini rivojlanishi, uni butun respublikamiz bo'ylab tarqalishiga, yosh avlodni sog'lom turmush tarzi, sport bilan shug'ullanishga jalb qilishga ham o'z hissangizni qo'shasiz.

Futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogi va chempionati doirasidagi eng muhim uchrashuvlarda aynan sizning reklamangiz bo'lishini istaysizmi? Unday bo'lsa, futzal federatsiyasiga aloqaga chiqing va hamkorlikni yo'lga qo'ying.

Murojaat uchun telefon: +99895 8162299

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Ўзбекистон футзал федерацияси матбуот хизмати