

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti yo'q va yaqin orada ochishni ham rejalashtirmayapti.
Federatsiya bilan bog'liq rasmiy bayonotlar, xabar va ma'lumotlar O'FF rasmiy saytida, O'FFning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida berib boriladi.
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti va tegishli rahbarlarga info@the-uff.com elektron pochtasi orqali taklif va mulohaqazalar bilan murojaat qilish mumkin. Federatsiya prezidenti va mutasaddi rahbarlar futbol jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari, ishqibozlarning taklif va mulohazalarini eshitishga tayyor.



