O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Italiya futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qiladi

Tolibjon Qosimov
4 may 2018, 16:33
Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar futbol Assotsiatsiyalari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yib kelmoqda.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bir qator mamlakatlar futbol rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazib, xorijiy mamlakatlar tajribasini yurtimizda ham yo'lga qo'yish borasida ko'plab islohotlarni amalga oshiryapti.

Ana shunday chora-tadbirlar natijasida Italiya futbol assotsiatsiyasi bilan ham hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishildi. Jumladan, Italiya murabbiylari assotsiatsiyasi prezidenti va Italiya futbol federatsiyasi murabbiylar maktabi rahbari Renco Uliveri  O'FA bilan hamkorlik qilish, o'zbekistonlik murabbiylar salohiyatini oshirish hamda O'zbekistonda futbolning rivojiga hissa qo'shishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

Janob Uliveri shu yilning iyul oyida O'zbekistonga 2 nafar murabbiy intsruktorlar bilan tashrif buyurib, yoshlar jamoalarida mashg'ulot o'tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko'rish masalalari bo'yicha o'quv kurslari tashkil qilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com