O'zbekiston Fransiyaga qarshi oq-ko'k libosda o'ynaydi, uchrashuv hakami ham ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
24 noya 2023, 09:20
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ertaga U-17 Jahon chempionatining chorak finali doirasida Fransiyaga qarshi o'yin o'tkazadi.

Mazkur o'yinda futbolchilarimiz oq-ko'k libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi.

Uchrashuvda foliyat olib boradigan hakamlar nomi ma'lum. Bosh hakam - Dahane Beida (Mavritaniya). Unga qanotlarda Dimbiniaina Andriatianarivelo (Madagaskar) va Jonatan Ahonto (Togo) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Pere Atchoga (Gabon) topshirilgan. 

Eslatib o'tamiz, Fransiya - O'zbekiston o'yini 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати