O'zbekiston FIFA so'rovnomasida kimlarga ovoz berdi?

Narzulla Saydullayev
24 okt 2017
Kecha Londonda FIFAning yil yakunlariga bag'ishlangan gala marosim bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi Samvel Babayan, sardori Odil Ahmedov va taniqli sharhlovchi Davron Fayziev yurtimiz nomidan ovoz berishdi.

Ayollar futbolida esa terma jamoamiz ustozi Sherali Boboqulov va terma jamoamiz sardori Mahliyo Sariqova ovoz berishdi. Quyida ularning kimlarga ovoz berishganini taqdim etamiz.

So'rovnoma bundan ikki oy oldin o'tkazilgan.


Samvel Babayan
Eng yaxshi futbolchi: Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Eden Azar

Eng yaxshi murabbiy: Zinedin Zidan, Antonio Konte, Massimiliano Allegri

Odil Ahmedov
Eng yaxshi futbolchi: Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Neymar

Eng yaxshi murabbiy: Zinedin Zidan, Massimiliano Allegri, Xosep Gvardiola

Davron Fayziev
Eng yaxshi futbolchi: Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Janluiji Buffon

Eng yaxshi murabbiy: Zinedin Zidan, Leonardo Jardim, Massimiliano Allegri


Ayollar futboli
Sherali Boboqulov

Eng yaxshi futbolchi: Xarder Pernille, Jenifer Marozsan, Lieke Martens

Eng yaxshi murabbiy: Sarina Viegman, Nils Nielsen, Ralf Kellermann

Mahliyo Sariqova
Eng yaxshi futbolchi: Lieke Martens, Jenifer Marozsan, Vivianne Miedema

Eng yaxshi murabbiy: Nils Nielsen, Sarina Viegman, Ralf Kellermann

Davron Fayziev
Eng yaxshi futbolchi: Lieke Martens, Xarder Pernille, Jenifer Marozsan

Eng yaxshi murabbiy: Sarina Viegman, Nils Nielsen, Jerar Presher

So'rovnoma bundan ikki oy oldin o'tkazilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia