O'zbekiston FIFA reytingida 53-o'rinda qoldi

Narzulla Saydullayev
8 may 2014, 14:04
FIFA milliy terma jamoalarning aprel oyi uchun yangi reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi xuddi o'tgan oydagidek 53-o'rinda bormoqda. Ayni paytda Mirjalol Qosimov shogirdlari 577 ochkoga egalar. Terma jamoamiz Osiyoda hamon uchinchi o'rinda.

Osiyo qitasida hamon Eron termasi peshqadam. Forslar 37-o'rindalar. Yaponiya esa 47-o'rinda. Janubiy Koreya 55-o'rinda bormoqda. Avstraliya 59-o'ringa chiqib oldi.

Osiyo Kubogi-2015dagi raqiblarimizning o'rinlari:
KXDR - 137
Xitoy - 96
Saudiya Arabistoni - 75

Umumiy ro'yxatni hamon Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ulardan so'ng Germaniya va Portugaliya terma jamoalari joy olishgan.

To'liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia