O'zbekiston Coca Cola Kubogi. Guruh bosqichiga qur'a tashlandi - "Paxtakor" va "Bunyodkor" bitta guruhda

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2020
Bugun O'zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Soat 19:00 da boshlangan ushbu marosim avval xabar berilganidek, “Bunyodkor” stadionida rasmiylar va murabbiylar ishtirokida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi, ammo yurtimizda karantin qoidalarining kuchaytirilishi bois, bugungi marosimda mehmonlar ishtirok etishmadi.  

Ma'lumot uchun, guruh bosqichida Coca Cola Superliganing 14 klubi va saralash bosqichida g'olib chiqqan Pro liganing ikki jamoasi ishtirok etadi.

Guruhda jamoalar jami 3 tadan o'yinda ishtirok etadi. Mezbon va mehmon maqomini oldindan ko'rsatilgan format bo'yicha qur'a aniqlab beradi. Qur'a natijasiga ko'ra, guruhdagi jamoalardan ikkitasi ikki mezbon va bir safar uchrashuvida, yana ikkitasi esa bir mezbon va ikki safar uchrashuvida ishtirok etadi.

Guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo'l oladi. Qur'a yordamida jamoalarning raqibi aniqlanadi. Bunda 1-o'rinni qo'lga kiritgan jamoalarga 2-o'rin egalari raqib bo'ladi. Guruhlarda 1-o'rinni egallagan klublar chorak finalni mezbon sifatida, yani o'z uyida o'tkazadi.



"A" guruhi
AGMK
"Andijon"
"Navbahor"
"Metallurg"

"A" guruhi
1-tur

AGMK - "ANDIJON"
"NAVBAHOR" - "METALLURG"

2-tur
"METALLURG" - AGMK
"ANDIJON" - "NAVBAHOR"

3-tur
AGMK - "NAVBAHOR"
"ANDIJON" - "METALLURG"



"B" guruhi
"Nasaf"
"Surxon"
"Qizilqum"
"Mashal"


"B" guruhi
1-tur

"NASAF" - "SURXON"
"QIZILQUM" - "MASH'AL"

2-tur
"MASH'AL" - "NASAF"
"SURXON" - "QIZILQUM"

3-tur
"NASAF" - "QIZILQUM"
"SURXON" - "MASH'AL"



"S" guruhi

"Buxoro"
"Sho'rtan"
"Lokomotiv"
"So'g'diyona"

"C" guruhi
1-tur

"BUXORO" - "SHO'RTAN"
"LOKOMOTIV" - "SO'G'DIYONA"

2-tur
"SO'G'DIYONA" - "BUXORO"
"SHO'RTAN" - "LOKOMOTIV"

3-tur
"BUXORO" - "LOKOMOTIV"
"SHO'RTAN" - "SO'G'DIYONA"



"D" guruhi
"Qo'qon-1912"
"Paxtakor"
"Bunyodkor"
"Oq-tepa"

"D" guruhi
1-tur

"QO'QON-1912" - "PAXTAKOR"
"BUNYODKOR" - "OQ-TEPA"

2-tur

"OQ-TEPA" - "QO'QON-1912"
"PAXTAKOR" - "BUNYODKOR"

3-tur
"QO'QON-1912" - "BUNYODKOR"
"PAXTAKOR" - "OQ-TEPA"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia