O'zbekiston Birinchiligi 1-bosqichida 9-12-o'rinlarni egallagan jamoalar 2-bosqichni Namanganda o'tkazishadi
Narzulla Saydullayev
18 sen 2013, 15:05
O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqichida G'arb va Sharq mintaqalarida 9-12-o'rinlarni egallagan jamoalar o'rtasidagi ikkinchi bosqich o'yinlari muddati belgilandi.
G'arb va Sharq mintaqalarida 9-12-o'rinlarni egallagan O'zbekiston Birinchiligi jamoalari o'rtasidagi ikkinchi bosqich o'yinlari 6-16 oktyabr kunlari Namanganda bo'lib o'tadi.