O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi

Khoja
25 iyun 2025, 08:30
Kecha “Bunyodkor“ stadionida O'zbekiston ayollar terma jamoasi Falastinga qarshi bahs olib bordi.

Kotrina Kulbite shogirdlari ushbu bahsda 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu bahs terma jamoamiz uchun Osiyo kubogi saralash bahslaridan avval tashkil etildi. Eslatib o'tamiz, jamoamiz Osiyo kubogiga saralash uchrashuvlarini 29-iyun kuni Shri-Lankaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Nazorat uchrashuvi

O'zbekiston 4:0 Falastin

Gollar: Maftuna Shoyimova 8ʼ, Diyoraxon Xabibullaeva 31ʼ, Lyudmila Karachik 40ʼ, Nozimaxon, Ergasheva 45+1.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: ayollarfutboli