O'zbekiston ayollar klublari o'rtasidagi Osiyo chempionatining guruh uchrashuvlariga mezbonlik qiladi

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023, 17:47
OFK ayollar klublari o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan davlatlarni e'lon qildi.

Unga ko'ra, chempionatning guruh uchrashuvlari O'zbekiston va Tailandda o'tkaziladi.

Ushbu uchrashuvlar 6-12 noyabr kunlari bo'lib o'tadi va unda O'zbekiston, Avstraliya, Xitoy Taypeyi, Eron, Hindiston, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Tailand klublari ishtirok etadi. 

Musobaqaga qur'a tashlash marosimi esa 7 sentyabr kuni Kuala-Lumpurdagi OFK qarorgohida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати