Sardor Rahmonovning diskvalifikaciyasi bekor qilindi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023, 16:38
OKMK himoyachisi Sardor Rahmonov "So'g'diyona" bilan o'yinda ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatilgandi.

Bunday holatda futbolchi 1 ta o'yinga diskvalifikaciya qilinardi, yani Rahmonov faqat "Qizilqum" bilan bahsni o'tkazib yuborgan bo'lardi.

"Superliganing 21-turi doirasidagi OKMK – "So'g'diyona" uchrashuvi bosh hakami tomonidan Sardor Rahmonovga ko'rsatilgan ikkinchi sariq, qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O'zbekiston futbol hakamlari markazi, ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.

 O'FA tartib-intizom qo'mitasi Sardor Rahmonovning qizil kartochkasini bekor qildi", – deyiladi olmaliqliklar matbuot xizmati xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати