Ozarbayjon yoshlar terma jamoasi O'zbekistonga keladi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2015, 10:00
Sentyabr oyida Ozarbayojon yoshlar terma jamoasi Toshkentda Jasur Abduraimov shogirdlariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqadi.

"JAR" stadionida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan o'yinlardan so'ng Osiyo chempionati saralashiga hozirlik ko'rayotgan U-19 terma jamoamiz keyingi yig'inini Qatarda o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, kuni kecha Jasur Abduraimov shogirdlari Yaponiyada bo'lib o'tgan turnirda g'alaba qozonib yurtimizga qaytib keldilar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia