"O'ynashda davom etishdan mano yo'q edi" - Buffon

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023
Italiyalik futbolchi to'g'ri qaror qabul qilganiga ishonmoqda.

Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Janluiji Buffon faoliyatini yakunlash sababini aytdi.

"O'ynashda davom etishdan mano yo'q edi. Menimcha, futboldan kyetish uchun etarlicha yosh va qulay vaziyat keldi. O'tgan mavsum sinov mavsumi bo'ldi, men uni ajoyib formada boshladim, lekin keyin baribir jarohat oldim. Bu men uchun ogohlik qo'ng'irog'i edi", – dedi sobiq futbolchi.

Buffon 45 yoshida faoliyatiga yakun yasadi. Uning birinchi va oxirgi klubi "Parma" bo'ldi. Italiyalik futbolchi faoliyatining ko'p qismini "Yuventus"da o'tkazdi va PSJda ham 1 mavsum o'ynadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AJC