Oybek Kaxxarov: "Bunday turnirlar ko'paysa maqsadga muvofiq bo'lardi"

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2016, 17:56
Bugun bo'lib o'tgan musobaqadan so'ng Oliy sud xodimlari jamoasi sharafini himoya qilgan Oybek Kaxxarov turnir haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Hammamizga ma'lum 10 fevral kunidan boshlab futzal bo'yicha Osiyo chempionati boshlanadi. Shunga bag'ishlab targ'ibot turniri o'tkazilyapti, biz ham Oliy sud jamoasi, ushbu kichik turnirlarda muntazam ishtirok etyapmiz. Chempion bo'ldik demak vazifa uddalandi, bizning yigitlar bor kuchi bilan harakat qilishdi. Tashkilotchilar haqida gapiradigan bo'lsak, ajoyib turnir tashkillashtirilgan desam mubolag'a bo'lmaydi. Chunki ushbu turnirda hakamlar, jurnalistlar mashxur insonlar bu erga jam bo'lishi futbolga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi. Hammaga ma'lum - sport sog'liq garovi. Menimcha bunday turnirlar ko'paysa maqsadga muvofiq bo'lardi. Ushbu o'yinda barcha jamoalarni kuchlari teng deb o'ylayman”, - dedi Oliy sud xodimlari jamoasi a'zosi Oybek Kaxxarov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia