Ouen Xargrivz Pogbaning asosiy tarkibda o'ynashini istaydi

Tolibjon Qosimov
24 fev 2018
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ouen Xargrivz Pol Pogbaning jamoa asosiy tarkibiga yana qaytishini istaydi.

"Pogba borasidagi mojarolar tezroq yakunlanishi kerak. Tushunmayman, nima uchun shunday bo'lmoqda? Axir u a'lo darajadagi futbolchi-ku.

Pogba mavsumni ajoyib tarzda boshladi. "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda esa "Yunayted"da katta muammolar yuzaga keldi.
So'nggi 5 uchrashuvida u o'z darajasida o'ynay olmadi.

"Yuventus"dagidek unga ayni damda ko'proq imkoniyat berish kerak.

Ko'chadagi har muxlis, muxbir Pogbaning tashqi hayotini, soch turmagini faol tanqid qilmoqda. Biroq unday qilish kerak emas. Uni qo'llab-quvvatlash lozim", - dedi Xargrivz.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com