O'tgan mavsumni "Navbahor"da o'tkazgan Javlon Ibrohimov Tojikiston chempioni ko'rigida

Aslanov Jasurbek
3 mar 2021, 21:55
Tojikiston chempionatida o'zbekistonlik legionerlar safi yana bir futbolchiga ko'paydi.

Gap shundaki, o'tgan mavsumni "Navbahor"da o'tkazgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Javlon Ibrohimov ayni paytda Tojikistonning amaldagi chempioni "Istiqlol" ko'rigida bo'lib turibdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Shuningdek, Ibrohimovdan tashqari jamoaga ukrainalik Andrey Mishenko ham kelib qo'shilgan. Avvalroq, dushanbeliklarning yig'inida yana bir hamyurtimiz Sanjar Rixsiboev ham ishtirok etgandi.

Foto: "Istiqlol" matbuot xizmati


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia