O'tgan mavsum Yevropaning top-5 chempionatida eng ko'p pas bergan hujumchi kim?

Aslanov Jasurbek
2 avg 2017, 12:02
Hujumchilarning asosiy vazifasi gol urish, biroq u kuchli forvard bo'lsa, bir vaqtning o'zida bir nechta vazifani bajarishi ham mumkin.

Squawka nashri o'tgan mavsum Yevropaning top-5 chempionatlarida eng ko'p pas bergan hujumchilarni yig'di. E'tiborlisi ushbu ro'yxatda "Barselona" hujumchisi Lionel Messi birinchi o'rinda emas. Messi birinchi o'rindagi futbolchidan ancha orqada.

O'tgan mavsum Yevropaning top-5 chempionatida eng ko'p pas bergan hujumchilar

Aleksis Sanches ("Arsenal") - 1204

Roberto Firmino ("Liverpul") - 1223

Lionel Messi ("Barselona") - 1278

Xose Kalexon ("Napoli") - 1320

Lorenso Insine ("Napoli") - 2005



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia