Otabek Zokirov: "Mavsumga tayyormiz"

3 mar 2018, 16:03
Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi mehmoni bo'ladi.

Ushbu uchrashuvdan oldin AGMK jamoasi futbolchisi Otabek Zokirov o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Asosan xorijda ko'proq mashg'ulotlar olib bordik. Barcha e'tibor "Bunyodkor"ga qarshi o'yinga qaratilgan. Ushbu bahsni muxlislar intizorlik bilan kutishmoqda. Nasib qilsa yaxshi natija qayd etamiz, deb o'ylayman. O'tgan mavsum "Qizilqum" jamoasida faoliyat olib borgandim, lekin ayrim sabablarga ko'ra ushbu klub bilan do'stona hayrlashdim. AGMK jamoasida do'stlarim faoliyat olib borishadi. Ular bilan chiqishib ketish u darajada qiyin bo'lmadi. Ichki muhit a'lo darajada. AGMKda barcha bir oiladek. "Bunyodkor"ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Ushbu bahsda ijobiy natija qayd etamiz", - deydi Otabek Zokirov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia