Otabek Shukurov “Sharja” bilan xayrlashdi

Eldor Akmurzayev
10 may 2021
O'zbekiston MTJ a'zosi Otabek Shukurov “Sharja”dan ketayotganini Instagram'dagi sahifasi orqali xabar qildi.

U 2018 yil “Bunyodkor”dan BAA klubiga kelib qo'shilgandi. Shu vaqt oralig'ida Shukurov jamoa bilan BAA chempionligi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi.

24 yoshli futbolchining keyingi manzili hozircha ma'lum emas va bu haqda keyinroq saytimiz orqali ma'lumot berishga harakat qilamiz. Ma'lumot o'rnida, yarim himoyachining hozirgi transfer bahosi 2,5 mln evroni tashkil qiladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/shukurov_o29