

"O'yin boshidan raqib nazoratni qo'lga oldi. Shu sababli o'yin og'ir bo'ldi. Charchoq alomatlari ham sezildi. Agar vaziyatlardan foydalana olganimizda natija ham, o'yin ham boshqacha bo'lardi. O'z maydonimizda yutqazib qo'yish alamli. Bu o'yinni tezroq unutib, keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim.
Murabbiy vaziyat bo'lsa uzoqdan zarba berishni ko'rsatma bergandi. Bilmadim, charchoq ta’sir qildimi... O'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi", - deydi Shukurov.




